“El-yurt umidi” jamgʼarmasi yana bir stipendiya tanlovlarini e'lon qiladi!
- Najmiddin Boymurodov Abduqodirovich
- 29 июл. 2021 г.
- 2 мин. чтения

“El-yurt umidi” jamgʼarmasi 2021-yil 20-iyuldan boshlab xorijiy davlatlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari asosida taʼlim olish uchun 272 oʼringa moʼljallangan 3-ochiq stipendiya tanlovlarini eʼlon qiladi!
Mamlakatning innovatsion salohiyatini yanada rivojlantirishni maqsad qilgan kreativ fikrlaydigan yoshlar, isteʼdodli professor-oʼqituvchilar, yosh olimlar va ilmiy tadqiqotchilar, pedagoglar va mutaxassislar diqqatiga!
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida yurtimizda 2021 yilni “Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili deb eʼlon qilindi.
Murojaatnomada Prezidentimiz tomonidan iqtidorli va istiqbolli yoshlar uchun benihoya ulkan imkoniyat, yaʼni 2021 yildan boshlab “El-yurt umidi” jamgʼarmasi orqali ilk bor bakalavr dasturiga stipendiyalar ajratilishi, shuningdek, magistratura va doktorantura dasturlari orqali eng nufuzli xorijiy davlatlarda tahsil olish uchun stipendiyalar miqdorini 5 barobarga oshirish taklifi ilgari surildi.
Shu bois, “El-yurt umidi” jamgʼarmasi Oʼzbekiston Respublikasi uchun eng ustuvor sohalar, jumladan kosmik texnologiyalar, nanotexnologiyalar, IT va raqamlash-tirish, sunʼiy intellekt sohalarida atom va quyosh energetikasi hamda energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishning boshqa yoʼnalishlarida sogʼliqni saqlash, farmatsevtika, telemeditsina, virusologiya, mikrobiologiya, immunologiya va boshqa sohalarda elektroenergetika, neftь-gaz, neftь-kimyo, kimyo, metallurgiya sohasining ustuvor tarmoqlarida mashinasozlik, avtomobilь, elektrotexnika, toʼqimachilik va mahsulotlarni standartlashtirish yoʼnalishlarida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, bogʼdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik kabi agrar sohaning muhim tarmoqlarida, shuningdek respublikamizdagi boshqa ustuvor sohalar va mutaxassisliklar kesimida 272 oʼringa moʼljallangan 3-ochiq stipendiya tanlovlarini eʼlon qiladi!
“El-yurt umidi” jamgʼarmasi 2021-2022 oʼquv yili uchun nufuzli xorijiy davlatlarda:
- bakalavriat taʼlim dasturi uchun 69 oʼrin,
- magistratura taʼlim dasturi uchun 112 oʼrin,
- doktorantura taʼlim dasturi uchun 91 oʼrin, jami 272 oʼrin stipendiyalar ajratishini maʼlum qiladi.
Аgar siz yuqori intellektual salohiyatga ega, zamonaviy va kreativ fikrlaydigan, mamlakat ilm-faniga innovatsion gʼoyalar va texnologiyalar olib kirish hamda uni raqamli asosda qayta shakllantirish asnosida rivojlantirishni oʼz oldiga maqsad qilib qoʼygan boʼlsangiz – bu imkoniyat aynan siz uchun!
Nomzodlarning hujjatlari 2021 yil 20 iyuldan – 20 avgustga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.
Saralash bosqichlari 2021 yil 20 avgustdan – 20 sentyabrga qadar davom etadi.
Saralash tanloviga oid barcha maʼlumotlar “El-yurt umidi” jamgʼarmasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil eʼlon qilib boriladi.
АQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Kanada, Yaponiya, Ispaniya, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning nufuzli taʼlim va tadqiqot, innovatsiya va amaliyot maskanlarida taʼlim olish imkoniyatini qoʼldan boy bermang!!!
“El-yurt umidi” jamgʼarmasi yurtimizning umidi, ishonchi
va tayanchi boʼlgan siz yoshlarni kutib qoladi!!!
Comments