Oltin koni topganga qancha mukofot beriladi?– Geologiya qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Asror Rustamov
- Najmiddin Boymurodov Abduqodirovich
- 29 июл. 2021 г.
- 1 мин. чтения

Qazilma boyliklar konlari qanday topiladi?
Avvalo, kon degan tushunchani yaxshi anglab olish kerak. Kon degani nima, har qanday ma'dan topilmasi ham kon bo‘lib ketaveradimi — yo‘q, albatta.
Ma'dan tarqalgan tog‘ jinslarining o‘lchamlari (uzunligi, qalinligi, hajmi), undagi foydali qazilmaning (ya'ni metall yoki nometallarning) miqdori ularni sanoat miqyosida o‘zlashtirganda iqtisodiy samara bermasa, ma'dan tarqalgan maydonlar kon hisoblanmaydi va shunchaki oltin, mis yoki boshqa ma'danlar namoyoni sifati belgilab qo‘yiladi.Geologik qidiruv ishlarining dastlabki bosqichlarida topilgan ma'danlar tarqalgan nuqtalar, kimyoviy oreollar yoki anomaliyalar kon darajasigacha yetishlari uchun ko‘pgina bosqichlardan o‘tadi, masalan, dastlab regional geofizik, geokimyoviy va geologik tasvirlash ishlari va ushbu ishlar natijasida topilgan ma'dan tarqalgan nuqtalar, oreollar yoki anomaliyalarda dastlabki maxsuslashgan izlash ishlari, keyin esa izlash, dastlabki baholash, mufassal baholash hamda razvedka (qidirish) bosqichlari amalga oshiriladi.
Geologlar dastlabki bosqich geologik qidiruv ishlari natijasida yoki o‘xshashligiga qarab geologik tuzilishi o‘xshash o‘rganilmagan maydonlarda tabiiy ma'dan manbalari (konlari) bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgandan keyin buning ustida juda katta jamoa ish boshlaydi. Misol uchun, regional tasvirga tushirish davrida tog‘ jinsidan namuna olib tahlil uchun laboratoriyaga yuboriladi, olingan tahlil natijalari asosida kerakli geologik xaritalar tuziladi va xulosalar qilinib, hisobot geologik fondga topshiriladi.
Kommentare